Yordam markazi

Savolingizga javob topilmasa — Telegram orqali yozing, tez javob beramiz.

ZAA TRUCK nima?

Yuk egalari va haydovchilarni vositachisiz bog'laydigan onlayn platforma. Biz yuk tashish xizmatini o'zimiz ko'rsatmaymiz — tomonlar bir-birini topib, to'g'ridan-to'g'ri kelishadi.

Foydalanish pullikmi?

Hozir platforma to'liq bepul: e'lon berish, qidirish, chat va kelishuvlar. Kelajakda pullik xizmatlar paydo bo'lsa, oldindan e'lon qilinadi va birinchi e'lonlaringiz bepul qoladi.

Qanday ro'yxatdan o'taman?

«Kirish» → «Ro'yxatdan o'tish». Telefon raqamingizni kiriting — tasdiqlash kodi Telegram'ga keladi. So'ng rolingizni tanlab, parol o'rnatasiz.

Yukni qanday e'lon qilaman?

«E'lon berish» → «Yuk bor». Davlat va viloyatni, yuk nomi, og'irligi, mashina turi va narxni kiriting. Rasm qo'shsangiz, e'lon ko'proq ko'riladi.

Mos yuk chiqsa qanday bilaman?

Lentada yo'nalishni tanlab «Qidiruvni saqlash» ni bosing. Sozlamalar → Telegram xabarnoma orqali hisobingizni botga ulasangiz, yangi e'lon chiqishi bilan Telegram'ga xabar keladi.

Yuk egasi bilan qanday bog'lanaman?

E'lon sahifasida «Bog'lanish» tugmasi telefon raqamini ko'rsatadi. «Saytda yozish» orqali esa sayt ichidagi chatda yozishasiz.

Kelishuvni nima uchun rasmiylashtiraman?

Kabinet › Kelishuvlar bo'limida kelishilgan narxni yozasiz, ikkinchi tomon tasdiqlaydi. Shundan so'ng bir-biringizni baholaysiz — bu reytingingizni ishonchli qiladi.

«Tasdiqlangan» ko'k belgisini qanday olaman?

Sozlamalar › Hujjat tekshiruvi bo'limida haydovchilik guvohnomasi, pasport yoki kompaniya hujjati rasmini yuboring. Moderator tekshirgach, belgi paydo bo'ladi.

Firibgarlikdan qanday saqlanaman?

Oldindan to'lov so'rashsa, ehtiyot bo'ling. Reytingi va ko'k belgisi bor foydalanuvchilarni tanlang. Shubhali e'lonni yordam xizmatiga xabar qiling.

Telefon raqamimni qanday o'zgartiraman?

Sozlamalar › Telefon raqam bo'limida yangi raqamni kiriting va unga kelgan kodni tasdiqlang.